13:54 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
I.Zeykenov / Instagram

Amerikacha orzu Qozogʻistonda ushaldi - 20 yoshli temiryoʻlchi bir zumda dunyoga mashhur DJga aylandi. Yaqinda uni Gremmi mukofotiga nomzod qilishdi.

Qozogʻistonlik 20 yoshli Imonbek Zeykenov bir zumda dunyoga mashhur DJga aylandi desak xato boʻlmaydi. Uning amerikalik reper Saint Jhn.ning Roses qoʻshigʻiga yaratgan remiksini dunyo top-chartlariga chiqdi. Siz bu qoʻshiqni albatta eshitgansiz.

2020 yil davomida ushbu qoʻshiq Amerika va Yevropaning top 10taligida va Shazamda uzoq vaqt davomida boʻldi. Keyinroq Uoutubeda tomosha qilinishlar soni 120 milliondan oshib ketdi. Spotifyda esa Imonbekning remiksi 1 milliarddan ortiq marotaba eshitilgan. 

Bugun esa uni Asku shahrida yashovchi 20-yoshli temiryoʻlchi 2021 yilning eng yaxshi remiks yaratuvchisi sifatida Amerikaning nufuzli "Gremmi-2021" mukofotiga loyiq deb topishdi. Imonbek endi nafatqat oʻz vatanida balkim butun dunyoga mashhur boʻldi. 

Saint Jhn.ning qoʻshigʻining originali mana bu yerda.

 

Yana video

Asosiy mavzular