Toshkent vaqti bilan 29 noyabr tongida Los-Anjelesdagi (AQSH) "Staples Center" arenasida boks kechasi boʻlib oʻtdi. Unda boks afsonalari boʻlmish Mayk Tayson va Roy Jons oʻzaro bellashdi.
Jang toʻliq sakkiz raund davom etdi. 54 yoshli Tayson asosiy eʼtiborni kuchli zarbalar yoʻnaltirishga qaratgan boʻlsa, 51 yoshli Jons masofani saqlagan holda vaziyatni nazorat qilishga urindi.
Hakamlar jang durang natija bilan yakunlangani toʻgʻrisida qaror qabul qilishdi.
Eslatib oʻtamiz, bu ikki afsonaviy bokschi 50 dan ziyod janglarni boshdan kechirgan. Har ikkala bokchi ham sobiq mutlaq jahon chempioni.