Xalqaro nogironlar kunida Toshkent zooparkida nogiron bolalar uchun maxsus maktab tarbiyalanuvchilari uchun xayriya aktsiyasi boʻlib oʻtdi. Bolakaylar kun uzun hayvonlar bilan muloqot qilish, ular bilan suratga tushish imkoniga ega boʻlishdi.
Agar bolalar zooparkka borish imkoni boʻlmasa, zooparkning oʻzi ularning oldiga keladi, degan qarorga kelishdi Toshkent zooparkida. Bolalar kun davomida quyon, ogʻmaxon (xomyak), tipratikan, dengiz choʻchqasi va maymunlar bolalarda katta qiziqish, quvnoq kayfiyat va hayajon uygʻotishdi.
Bayram kun uzun davom etdi. Unda bolalar uchun mahalliy artistlar chiqishlari va xomiylar sovgʻalari topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Toshkentdagi 2-sonli nogiron bolalar maxsus maktabida 15 yoshdan katta boʻlgan bolalar taʼlim oladi. Ularning aksariyai ota-ona qarovisiz qolgan imkoniyati cheklangan bolallardir.