10:37 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Youtube / RIA Novosti

Rossiya poytaxti Moskvada yangi koronavirusga qarshi bepul va ixtiyoriy emlash boshlandi.

Moskvada 70 ta emlash punktlari ish boshladi. Birinchi navbatda taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda shahar ijtimoiy xizmat xodimlari emlanmoqda.

Emlanishga 4 dekabrdan elektron ravishda yozilish mumkin. Ilk soatlarda besh mingdan ziyod kishi emlanish istagini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlashni topshirgan edi. Shahar meri Sergey Sobyanin 7 million nafarga yaqin shahar aholisi emlanishi koʻzda tutilayotganini maʼlum qildi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Moskvada pandemiya boshlangandan buyon 647,5 ming koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 490 mingdan ziyod tuzalib ketgan. Shu bilan birga 9,3 ming kishi virus qurboniga aylangan.

Teglar:
Sputnik V, emlash, vaktsina, koronavirus, Moskva

Yana video

Asosiy mavzular