16:50 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Ruptly / Sputnik V @sputnikvaccine

Belgrad shahriga koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasining ilk 20 dozasi yetkazildi. Endilikda mamlakat mutaxassislari uning klinik sinovlarini boshlashadi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning soʻzlariga koʻra, klinik sinovlar yaqin kunlarda boshlanadi. Shundan soʻng mamlakat undan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqariladigan yakuniy narxini tasdiqladi.

Vaktsinaning narxi ikkita komponent uchun 1942 rublni (26,1 dollar) tashkil etadi. Besh dona ikki komponentli toʻplamdan iborat qadoq narxi 9710 rubl atrofida (130,7dollar) boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 4 dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Oʻzbekistonga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaktsinasi namunalarini olib kelgan edi. Namunalar ular sinovlardan oʻtkazilishi uchun Oʻzbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan soʻng vaktsina roʻyxatdan oʻtkaziladi va Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Teglar:
Serbiya, vaktsina, koronavirus, Sputnik V

Yana video

Asosiy mavzular