10:27 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Minoboronы Rossii

Rossiya Mudofaa vazirligi Togʻli Qorabogʻdagi Shusha-Lisogorskiy yoʻlini minalardan tozalash videosini taqdim etdi.

Rossiyalik tinchlikparvar kuchlari 1,5 oy davom etgan jangdan soʻng Togʻli Qorabogʻ hududini tartibga keltirish ishlarini davom ettirmoqda.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, sapyorlar muhandislik ishlari chogʻida Shusha va Lisogorskiy oʻrtasidagi 2,5 kilometr yoʻlni hamda yon atrofdagi 5 gektar hududni tozalashgan.

Bundan tashqari, tinchlikparvar kuchlari 35 ta tez portlaydigan predmetlarni aniqlab, yoʻq qilish uchun olib chiqishgan.

Taʼkidlanishicha, Togʻli Qorabogʻda ishlayotgan muhandislik boʻlinmalari umumiy hisobda 50 gektarga yaqin yer, 17 kilometr yoʻlni minadan tozalagan va mingdan ziyod portlovchi moddalarni zararsizlantirgan.

Rossiyaga rahmat: Togʻli Qorabogʻda maktab va shifoxonalar ochilmoqda

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida oxirida yana boshlangan Togʻli Qorabogʻ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10 noyabrda toʻxtatilgan edi. Shundan soʻng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi.

Teglar:
Rossiya, Togʻli Qorabogʻ

Yana video

Asosiy mavzular