His-tuyg‘ularini ifodalayotgan qoplon videoga tushib qoldi

Obuna bo‘lish
Hayvonlar ham o‘z his-tuyg‘ularini namoyish etishi va qarama-qarshi jinsning e’tiborini tortish usullari bor.

Qizil kitobga kiritilgan ikki qoplonning "masofaviy muloqoti" videoga olindi. Ular Uzoq Sharqdagi milliy bog‘da yashashadi, deya yozadi Sputnik Belarus.

Videoga olingan lavhalarda erkak qoplon shu hududda kezib yurgan urg‘ochi qoplonga sevgi maktubini qoldirayotgani aks etgan. Qoplon qorga dumalab, u yerda o‘z hidini qoldirgan. Bu esa urg‘ochi uchun "maxsus signal" edi. Bog‘ xodimlari urg‘ochi qoplon bu nomani olgani haqida hisobot berishdi.

Hozirgi kunda Uzoq Sharq qoplonlari qirilib ketish arafasida. Bu qoplonlarning eng noyob turi hisoblanadi. Ularni ovlash 1950-yildayoq taqiqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0