10:03 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sputnik

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Suriyaning qayta tiklanishiga xalal berayotganini maʼlum qildi.

Rossiya TIV rahbari Suriya hududida mamlakatning bir qismi, jumladan, bir necha neft konlarini nazorati ostida ushlab turgan AQSH qoʻshinlari noqonuniy boʻlib turganini eslatdi.

“Qayd etishga majburmizki, siyosiy tartibga solishdagi konstruktiv siljishga javoban Damashq oʻz hududida ochiqchasiga separatizmni ragʻbatlantirish uchun foydalanilayotgan va mamlakat birligini tiklashga xalaqit berayotgan noqonuniy qurollangan AQShning boʻlish turishini olmoqda”, - dedi Lavrov.

Rossiya vaziri Gʻarb mamlakatlari hatto pandemiya sharoitida Suriyaga iqtisodiy va sanktsiya bosimini oʻtkazishda davom etayotganiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, Lavrov Damashq kimyoviy qurol qoʻllagani va unga qoʻyilgan harbiy jinoyatlardagi ayblov asossizligini taʼkidladi.

“Gʻarb ikki tomonlama standartlarni namoyish etmoqda, Suriyaga hatto gumanitar muammo haqida gap ketganda ham yordam berishdan bosh tortmoqda. Gʻarb pandemiya sharoitida Suriyani iqtisodiy boʻgʻishda davom etmoqda”, - dedi Lavrov.

Yana video

Asosiy mavzular