Zaxarovaga koʻra, Rossiyadan tomonidan boʻlayotgan xavf-xatar haqidagi afsonalarni yaratish AQSH uchun foydali boʻlib, Vashington shu orqali amerika jamiyati eʼtiborini ulkan ichki muammolardan chalgʻitib kelmoqda.
"AQSH allaqachon oʻz shaxsiy muammolariga, shu jumladan, siyosiy muammolarga ham eʼtibor bermay qoʻygan, u har safar Rossiyani allaqanday muammo yoki kulfatlarda aybdor qilishga urinadi. Bu endi kasallik, fobiya. Umid qilamizki, bu singari harakatlar tez orada urfdan chiqadi va Moskva hamda Vashington oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarni zaharlashdan toʻxtaydi, bu munosabatlarni allaqachon konstruktiv oqimga qaytarish vaqti kelgan", - dedi Zaxarova.
Toʻliq videoda tomosha qilishingiz mumkin.