"Angara-A5" raketa tashuvchining uchirilishi odatdagidek boʻlib oʻtdi. Uchuvchi apparatni olti yil ichida ikkinchi marta sinab koʻrishdi.
Raketa kosmodromdan Moskva vaqti bilan 8:50 daqiqada uchishni boshladi. 12 daqiqa oʻtib uchinchi pogʻonadan ajraldi.
"Roskosmos" rahbari Dmitriy Rogozin raketa uchirilishiga hayajon bilan munosabat bildirdi.
"U uchyapti, jin ursin!", - deya yozdi u tvitterda.
“Angara” - ekologik toza raketalar toifasiga kiradi. U yengil “Angara-1.2”, oʻrta “Angara-A3”, ogʻir “Angara-A5” va modernizatsiya qilingan “Angara-A5M”, shuningdek yuqori quvvatli “Angara-A5V” raketa-tashuvchilarini oʻz ichiga oladi.