06:26 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81

Termiz poligonida Rossiya harbiylari bilan hamkorlikda “Surxon-2020” maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Oʻzbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari, shuningdek, shahar sharoitida binolarni egallab olgan noqonuniy qurollangan guruhlardan tozalash amaliyoti boʻyicha ham tayyorgarlik mashqlarini bajardilar.

Mashgʻulotlar chogʻida shartli ravishda noqonuniy qurollangan toʻda davlat chegarasini kesib oʻtib, aholi punktini egallab oldi. Dron mahalliy joyni razvedka qilgandan soʻng Mi-8 transport jangovar vertolyotdan harbiylar tushdi. Keyin yashirin tarzda oʻz oʻrinlarini egallab, qoʻriqlanayotgan joyni yoʻq qildi.

Jangarilarni yoʻq qilish, ularning boshqaruvini izdan chiqarish hamda ular oʻrtasida vahima keltirib chiqarish uchun minomyotlardan oʻt ochildi. Soʻngra toʻrtta “Tayfun” zirhli avtomobillarda yetib kelgan qoʻshma maxsus xizmat guruhlari dushman yashiringan binoni tozalashdi va “jangarilar” yetakchisini asirga olishdi.

Yana video

Asosiy mavzular