17:19 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81

Uch karra “Oskar” mukofoti sovrindori, mashhur amerikalik rejissyor Oliver Stoun koronavirusga qarshi dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan Rossiya vaktsinasi bilan emlandi.

Oliver Stoun bu haqda Rossiyaning “Pervыy” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Bir necha kun ilgari emlandim. Bu qanchalik yordam berishini hozircha bilmayman, lekin Rossiya vaktsinasi haqida koʻplab ijobiy fikrlarni eshitdim”, - dedi u.

Rejissyor u hozircha emlanishning birinchi bosqichidan oʻtganini tushuntirdi va ikkinchi komponentini olish uchun biroz vaqt oʻtib yana Rossiyaga qaytishi kerakligini aytdi.

Teglar:
Rossiya, emlash, vaktsina, Sputnik V

Yana video

Asosiy mavzular