Qirg‘izistonlik maktab o‘quvchisi qanday qilib Kreml diqqatini jalb etdi

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonlik yetti yoshli maktab o‘quvchisi Sputnik agentligiga Vladimir Putinga yozgan maktubi haqida so‘zlab berdi va nima uchun undan “Gazprom” yoki “Rosneft” aksiyalarini sovg‘a qilishi so‘raganini tushuntirib berdi.

Rustam Toshmatov Rossiya prezidentiga maktub yozgani 16-dekabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Uning tan olishicha, u neft-gaz kompaniyalaridan birining aksiya egasi bo‘lishni va Tula shirin kulchalarini tatib ko‘rishni orzu qiladi.

Kremlga Rustamning xati yetib bordi va unga sovg‘a jo‘natildi. Sovg‘a Bishkekdagi Rossiya fan va madaniyat markazida tantanali ravishda topshirilishi kutilmoqda.

Ilgari u Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga Yangi yil oldidan maktub yozgan. Qirg‘izistonliklar hozircha keyingi davlat rahbarini saylashmaganliklar uchun Rustam Rossiya prezidentiga murojaat qilishga qaror qilgan.

“Men uni kirib kelayotgan bayram bilan tabrikladim hamda yangi yil sovg‘asini so‘radim – Tula shirin kulchasi, termokrujka, “Putinnikiga o‘xshash”, va Gazprom” yoki “Rosneft” aksiyalari. Otamning do‘sti aksiyalar haqida gapirib bergandan keyin men aksiya egasi bo‘lishni istadim. Bu juda ajoyib va daromadli. Men hali Tula shirin kulchalarini tatib ko‘rmaganman, tatib ko‘rishni xohlayman. Hamma u juda mazaligini aytapti”, - deydi Rustam.

Yangiliklar lentasi
0