"Biz tayyor edik" - Qarag‘andada “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi

Obuna bo‘lish
Qarag‘anda Farmatsevtika Majmuasida bosqichma-bosqich ravishda 2 million doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

"Qarag‘anda Farmatsevtika majmuasida" 21-dekabrdan boshlab “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi. Tantanali marosimda ishtirok etish uchun Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin Qarag‘anda farmatsevt majmuasiga tashrif buyurdi. 

"Biz Qozog‘istondagi ishlab chiqaruvchilar orasida vaksina ishlab chiqarishga eng tayyor korxona ekanmiz. Vaksina - bu biotexnologik mahsulotdir. Bizning uskunalarimiz ham, mutaxassislarimiz ham uni ishlab chiqarishga tayyor", - dedi Qarag‘anda Farmatsevtika majmuasi direktori Sergey Baron.  

Eslatib o‘tamiz, ushbu vaksina Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari Qasim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin o‘rtasidagi erishilgan kelishuvlar doirasida ishlab chiqarilmoqda.

Korxona quvvati oyiga 300 ming dozani tashkil qiladi. Majmuada bosqichma-bosqich ravishda 2 million doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Qozog‘istonda ommaviy emlash 2021-yil fevralida boshlanishini ma’lum qildi. Birinchi navbatda ixtiyoriy ravishda tibbiyot xodimlari, pedagoglar, talabalar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda surunkali kasalliklari bor xavf guruhiga kiruvchilar emlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0