Ularga nisbatan eksport cheklovlari qoʻllaniladi, xususan, kompaniyalar ayrim Amerika tovarlar va texnologiyalarini xarid qila olmaydi. Sanktsiyalar roʻyxatiga Rossiya Mudofaa vazirligi, Tashqi razvedka xizmati, aviatsiya, kosmik va kemasozlik sanoatining qator yirik korxonalari kiritilgan.
Ular orasida "Suxoy" va "Tupolev" kompaniyalari, "MiG", "Rostex", "Rosatom" korporatsiyalari, shuningdek, “Roskosmos” korxonalari mavjud. Xususan, "Soyuz" raketalarini ishlab chiqaradigan "Progress" RCC cheklovlarga tushib qoldi.
Rossiya AQShning qaroriga qanday munosabat bildirgani - videomizda.