Begemot, og‘zingni och: Toshkent zooparkidagi hayvonlar qanday yashamoqda

Obuna bo‘lish
Toshkent hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar hayvonlar hayotining faqat bir tomonidan ko‘rishadi. Sputnik muxbiri hayvonlar hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Toshkent zooparki Markaziy Osiyodagi eng eski hayvonot bog‘idir. Bu yerda 330dan ortiq hayvonlar va qushlar saqlanadi. Ularning har biriga o‘ziga xos diqqat va e’tibor kerak: mavsumga mos keladigan ozuqa, veterinar shifokorlar yordami va doimiy kuzatuv kerak.

Hayvonlarning aksariyati bu yerga boshqa zooparklar bilan almashuv natijasida olib kelinadi, lekin ayrimlari kontrabandistlar qo‘lidan qutqarib olingan. Ba’zilarini og‘ir ahvolda fuqarolar olib kelishgan.   

Hayvonlar o‘limiga sabab bo‘ladigan eng katta sabab bu zooparkka keluvchilar tomonidan tashlangan axlat va paketlardir. Shu sababdan bog‘ hududiga kirish qoidalarini ham o‘zgartirishga majbur bo‘ldik, - deyishadi zoopark xodimlari.

Toshkent zooparkining eng katta yoshli mehmoni kim? Filni samolyotda olib kelish uchun nima qilish kerak? Begemotning og‘zida nima bor? Ushbu va boshqa qiziq savollarga javob topish uchun videolavhamizni tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0