Bu metro yoʻnalishini loyihalashtirish 2017 yilda boshlangan edi. Qurilishning borishi davlat rahbarining doimiy eʼtiborida boʻldi.
Uzunligi 7 kilometrlik mazkur temir yoʻlda beshta bekat barpo etilgan. Metropolitenning “Olmazor” bekati bilan oraliqda 580 metrlik tonnel qurilib, yerusti va yerosti yoʻllari bogʻlangan.
Bekatlar milliy dizayn asosida pardozlangan, zamonaviy texnologiyalar, elektron toʻlovli turniketlar, eskalator va liftlar bilan jihozlangan. Bu yoʻnalishda 214 nafar xodim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Ushbu yoʻnalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Shu bois u ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham ekologik jihatdan ulkan ahamiyatga ega.