Ustaxonada nafaqat “Volga” va “Pobeda”, balki hukumatning “ZiS-110 B” avtomobillari bor.
“Retro garage” ustaxonasi rahbari Damir Gafarovning taʼkidlashicha, SSSr davridagi eski avtomobillarni qayta tiklash Oʻzbekistonda bir necha yil oldin boshlangan.
Hozircha shunga oʻxshash retro-avtomobillar havaskor kollektsiya toʻplovchilar garajining koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda yoki biror bir koʻrgazmalarda namoyish etilmoqda.
Ustalar vaqt oʻtishi bilan Toshkenta retro-avtomobillar muzeyi paydo boʻlishiga umid qilishmoqda.