17:12 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81

Rossiyada Il-114-300 har qanday qoplamali - muz, grunt yoki beton aerodromlarda uchib-qoʻnish imkoniyatiga ega boʻlib u eskirib qolgan An-24 samolyotlarining oʻrniga keladi. 

Rossiyada dekabr oyida yangi hudadlararo samolyot Il-114-300ning sinov parvozlari boshlandi. 

Yangi samolyotning parvoz uzoqligi 1400 kmni tashkil qiladi. Maksimal parvoz balandligi 7600 metr. Yonilgʻi sarfi - 550 kg/soat. 

Samolyot eng zamonaviy avionika bilan jihozlangan. Shuningdek samolyotning 2t turbovintli dvigatellari - TV7-117ST-01 ham Rossiyada ishlab chiqarilgan. 

Samolyot 68 nafar yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzosi yoki yuk tashishga moslashtirilgan boʻlishi mumkin. Shuningdek samolyot tibbiy va monitoring vazifalarini bajarishi ham mumkin. 

Eng asosiysi, Il-114-300 Rossiyaning turli hududlarida, har qanday qoplamali - muz, grunt yoki beton aerodromlarda uchib-qoʻnish imkoniyatiga ega. Samolyotning oʻz trapi bor va minimal aeroport xizmatlarini talab qiladi. 

Samolyotning barcha komponentlari Rossiyada ishlab chiqarilgan boʻlib u hozirda eskirib qolgan An-24 samolyotlari oʻrniga keladi. 

Iqtisodiy jihatdan samarali parvoz iqlish uchun samolyotga 20 nafar yoʻlovchi yetarli. Il-114-300 ning ekspluatatsiya muddati - 30 yilni tashkil qiladi. 

Yana video

Asosiy mavzular