10:20 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Tadbirda “Gʻalabaning 75-yilligi” xalqaro jamoasi, "Rossotrdnichestvo"ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda "Tvori Dobro" yoshlar koʻngilli jamoalari ishtirok etmoqda. 

Oʻzbekistonda bayram kunlarida bir guruh aktivistlar Qor bobo kiyimida Urush veteralarini, mehnat qahramonlari va Urush bolalarini Yangi yil bilan tabriklab, ularga sovgʻalar ulashishmoqda.

“Bizda hozircha veteranlarga shaxsan rahmat aytish imkoniyati bor. Biz bundan chetda qolmasligimiz kerak. Biz oʻz qahramonlarimizga nafaqat yangi yil sovgʻasi ulashish, balkim real yordam koʻrsatishga harakat qildik” – deydi “Gʻalabaning 75-yilligi” xalqaro jamoasi koordinatori Sergey Yejkov.

Oʻzbekistonda ushbu tadbir ikkinchi marotaba boʻlib oʻtmoqda. Unda istalgan koʻngilli kishi ishtirok etishi mumkin. Undan maqsad veteranlarga nafaqat 9 may kuni, balkim butun yil davomida yordam koʻrsatishdir.

“Yangi yilingiz bilan, veteran!” bayram aktsiyasi 7 yanvarga qadar davom etadi. Tadbirda “Gʻalabaning 75-yilligi” xalqaro jamoasi, "Rossotrdnichestvo"ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda "Tvori Dobro" yoshlar koʻngilli jamoalari ishtirok etmoqda. 

Veteranlarga sovgʻa topshirish tadbiri barcha sanitariya normalariga amal qilgan holda boʻlib oʻtmoqda. Keksalar ham Qor Bobo kelishiga yosh boladek xursand boʻlishmoqda. Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular