Rossiyada vaksinatsiya bayram kunlarida ham davom etmoqda

Obuna bo‘lish
"Sputnik V" - Rossiyada ishlab chiqilgan, koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina bo‘lib, bugungi kunga qadar 1 milliondan ortiq kishi emlangan. 
Rossiyada 15-dekabrda boshlangan "Sputnik V" bilan vaksinatsiya qilish bayram kunlarida ham davom etmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
2021 yilning 1-yanvaridan boshlab vaksina olgan fuqarolar masofadan turib koronavirusga qarshi emalangani haqida sertifikat olishlari mumkin. Ushbu sertifikat kelajakda ularga PZR test topshirmasdan sayohat qilish va jamoat joylarida niqob taqmasdan yurish imkoniyatini berishi mumkin. Ayni damda Rossiya hukumati va xalqaro hamjamiyat vaksinatsiya pasporti joriy etish amaliyotini qo‘llash shartlarini muhokama qilmoqda. 
"Sputnik V" - Rossiyada ishlab chiqilgan, koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina bo‘lib, bugungi kunga qadar ushbu vaksina bilan 1 milliondan ortiq kishi emlangan. 
"Sputnik V" - Qozog‘iston, Hindiston va yana bir necha davlatlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olingan.
Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov dekabr boshida O‘zbekistonga sinovdan o‘tkazish maqsadida 100 dona "Cputnik V" vaksinasi olib kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0