18:05 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
© Ruptly

Asli belgiyalik boʻlgan hozirda Turkiyada istiqomat qiluvchi 74 yoshli Nensi van der Straten boks yordamida Parkinson kasalligiga qarshi kurashmoqda.

Turkiyada uning doʻstlari uni Nasiye xola deb chaqirishadi. U Parkinson kasalligidan davolanishdan bunday usuli haqida tasodifan bilib qolgan. Mana uch yildirki Nasiye mashgʻulotlarni kanda qilmay keladi va oʻzining tirishqoqligi bilan yoshlarga oʻrnak boʻlmoqda.

“Men Parkinson bilan kasallanganimda dori-darmon yetarli emasligini koʻrdim. Jismoniy mashqlar majburiy edi. Keyin men turli mashqlar haqida oʻylab boshladim. YouTube᾽da AQSH 20 yildan va Niderlandiyada esa 10 yildan buyon Parkinson kasalligini davolash uchun boksdan foydalanishi hikoya qilingan bir necha videolarni koʻrib qoldim ”, - deydi u.

Turkiyada joriy etilgan karantin Nasiyeni toʻxtata olmagan. U uy sharoitida ham boks bilan shugʻullanishni davom ettirgan.

Hozir u mahalliy boks zalida shugʻullanmoqda. Lavhalarda Nasiye kuchli zarbalar berayogani va oʻzini tetik tuta olayotganini koʻrish mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular