"Biz Tinch okeani ustida parvozni boshlaymiz, AQSH va Kanada shaharlari ustidan uchib oʻtamiz, soʻng esa tong otishini shimoliy Atlantika ustida kutib olamiz. Hatto tunda ham okean, bulutlar va tungi shaharlarni aniq koʻrish mumkin, ufqdan esa Somon yoʻli suzib chiqadi", - deb yozgan rossiyalik astronavt oʻzining Instagramdagi akkauntida.
U shuningdek, internet foydalanuvchilariga videoda aynan nima tasvirlanganiga izoh bergan. Jumladan, Sergey Yer sayyorasi ustidagi toʻq sariq rangli qoplam qayoqdan paydo boʻlgani toʻgʻrisida soʻzlab bergan.
Uning aytishicha, ushbu effekt sayyoraning oʻzida yuz beradigan tabiiy jilolanish tufayli yuzaga keladi.
Videoning ilk soniyalarida koʻrishingiz mumkin boʻlgan uchar obʼyektlar esa - bu sputniklardir.