05:32 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Oʻzbekistonda ilk bor “Don don ziki” chempionati oʻtkazildi. Turnir “Tashkent City” bogʻida tashkil etildi.

Oʻyinda 10 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin edi. Buning uchun bogʻ chiptaxonalarida “maxsus braslet” xarid qilish kerak edi.

Finalda samarqandlik yigit Bekzod Abduhalimovning qoʻli baland keldi va asosiy yutuq iPhone 12 telefoniga ega chiqdi.

Gʻolibning Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, u musobaqaga oldindan tayyorlanmagan va chempionat haqida bogʻda sayr qilayotgan vaqtida bilib qolgan.

Respublikada ilk bor bu xalq oʻyini boʻyicha oʻtgan chempionat Sputnik lavhasida.

Yana video

Asosiy mavzular