01:18 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Ruptly /AP

Soʻnggi 30 yilda eng yirik sud majlisida "Ndrangeta" bandasining 300dan ortiq aʼzolari ishtirok etmoqda. Ular qotillik, narkotik savdosi va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Italiyaning Kalabriya viloyatidagi Lametsiya-Terme shahrida yirik mafiya bandasi ustidan sud jarayoni boshlandi. Aytishlaricha bu soʻnggi 30 yil ichida koʻrib chiqilgan jinoyat ishlarning eng kattasi boʻlishi mumkin. 

Ayblanuvchilar - 300 nafardan ortiq "Ndrangeta" mafiya guruhi aʼzolari. Ular 1990 yillarda sodir etilgan qotillik, narkotiklar savdosi va jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. 

Kelib chiqish joyi Kalabriya oʻlgan ushbu jinoiy guruh oxirgi vaqtda butun Italiya va dunyoning boshqa nuqtalariga ham tarqalishga ulgurgan.

Jinoyat ishida koʻplab guvohlar va 58 nafar sud bilan hamkorlik qilishga kelishgan mafiya aʼzolari ham ishtirok etmoqda. Xabarda aytilishiga koʻra, sud jarayoni kamida 3 yil vaqt ketadi. 

Batafsil videolavhamizda tomosha qiling. 

Yana video

Asosiy mavzular