Qirol pingvinlari paradi – video

Obuna bo‘lish
Amerikaning Sinsinnati hayvonot bog‘idagi qirol pingvinlariga tashrif buyuruvchilar oldida sayr qilishga ruxsat berildi.
Bunday sayrlar qirol pingvinlariga havo harorati minus o‘n darajagacha pastlaganda ruxsat beriladi. Agar harorat yuqori bo‘lsa, paradga boshqa turdagi pingvinlar chiqadi, deya yozadi Sputnik Belarus
Koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda mehmonlardan ijtimoiy masofaga rioya qilish so‘raldi.
Aytgancha, hayvonot bog‘ida yashaydigan qirol pingvinlarning nomi ham “qirolcha”. Ular orasida Martin Lyuter King, Koretta Skott King, Bi Bi King va Larri King bor. Hayvonot bog‘ida hatto Burger King nomli pingvin bor, biroq u bu parad vaqtida mehmonlar oldiga chiqishdan uyaldi va o‘z o‘rnida qoldi.
Yangiliklar lentasi
0