Murodov uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan amerikalik Endryu Sanchesni muvozanatni yoʻqotib qoʻyishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi. Hakam ushbu vaziyatdan soʻng jangni toʻxtatdi va oʻzbekistonlik jangchining gʻalabasini qayd etdi. Shu tariqa, u UFCʼdagi uchinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, UFC 257 doirasidagi muxlislar intiqlik bilan kutgan jang irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porye oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
Birinchi raundda Makgregor ustunligini namoyish etdi. Biroq ikkinchi raundda Porye qulay fursatni poylab, ketma-ket zarbalar bilan Konorni chalgʻitib qoʻydi. U amerikalikning zarbalaridan yerga quladi va bu uning sport faoliyatini ilk nokauti boʻldi.
Shu tariqa, Porye Konordan qasos olishga muvaffaq boʻldi. Makgregor va Porye 2014 yilda yuzma-yuz kelgan edi. Oʻshanda Konor amerikalik jangchini birinchi raundning ikkinchi daqiqasida nokautga uchratgan edi.