09:12 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Sputnik / Kseniya Voronina / Vladislav Vodnev

Payshanba kuni Nur-Sultonda yashovchi Qayirbek Ayashev muzli daryoda turish boʻyicha Qozogʻiston yangi rekordini oʻrnatdi.

28 yanvar kuni 45 daqiqalik rekord Nur-Sulton yaqinidagi Ishim daryosida qayd etildi. Uchinchi yil ketma-ket Sputnik Qozogʻiston muxbirlari krioatlet ("qishki suzish sporti" bilan shugʻullanadigan odamlar) yangi rekord oʻrnatish jarayoniga guvoh boʻlishdi.

Ayashev uch karra mamlakat rekordini oʻrnatdi, har yili 5 daqiqadan koʻpaytirmoqda.

Tayyorgarlik koʻrmagan odam muzli suvda 10-15 daqiqa tursa, haddan tashqari sovib ketish, oʻlimga olib kelishi mumkin.

Sportchi 2022 yilda yangi rekord oʻrnatish uchun tayyorgarlik koʻrmoqda. Erkaklar uchun jahon rekordi 2 soat boʻlib - rossiyalik Dmitriy Balabanovga tegishli. Ayollar orasida - bir soat, rossiyalik ayol Osman Delibash tomonidan oʻrnatilgan.

Teglar:
rekord, Rossiya, Qozogʻiston

Yana video

Asosiy mavzular