23:33 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Toshkentda kelajakda mintaqadagi eng yirik zavodga aylanishi kerak boʻlgan yangi zargarlik fabrikasi oʻz ishini boshladi.

Hozirda "Fonon" korxonasida 250 nafardan ziyod zargarlar ishlab keladi va ular noyob va oʻziga xos zargarlik buyumlarini yaratishmoqda. Zavod jami 400 ta ish oʻrniga moʻljallangan. Har yili jami 6 tonnagacha - 300 turdagi mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Hozirda ishlab chiqarish jarayonida mahalliy oltindan foydalanilsa-da, ammo qimmatbaho toshlar asosan Hindiston, Turkiya va Xitoydan olib kelinadi.

Zavodning birinchi mahsuloti poytaxtdagi doʻkonlarning birida taqdim etilgan. Tez orada Toshkentda ishlab chiqarilgan zargarlik mahsulotlarini Buxoro, Samarqand va Qoʻqonda koʻrish mumkin boʻladi.

Zavod ishchilarining asosiy qismi yoshlardan iborat. Soha oʻz oldiga ulkan rejalarni qoʻygan – zargarlik mahsuloti Oʻzbekiston brendiga aylanmogʻi va butun dunyoda eng talabgir boʻlgan mahsulotlardan biriga aylanishi kerak.

Shu bilan birga anʼanalarga sodiqlik va oʻziga xoslik saqlanib qolishi lozim.

Sanoat koʻlamida oltindan haqiqiy sanʼat asarlari qanday paydo boʻlayotganini Sputnik Oʻzbekiston syujetida tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular