18:20 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
© Sputnik / Press-slujba prezidenta Tadjikistana

Tojikiston mamlakat COVID-19 ustidan gʻalaba qozonganini rasman eʼlon qildi. U yerda koronavirus 272 kun “mehmon boʻldi”.

Tojikistonda mana ketma-ket bir necha haftaki yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari yoʻq.

“2021 yil yanvaridan koronavirus yoʻq boʻldi. Tojikistonda bugun COVID-19 yoʻq”, - dedi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga murojaatnoma yoʻllay turib.

Shu bilan birga Rahmon mamlakat aholisini bu beparvolikka berilishlarini anglatmasligini taʼkidlab, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda koronavirus 2020 yil 30 aprel kuni rasman qayd etilgan edi. Koronavirus pandemiyasi mamlakatda 272 kun oʻtib chekindi.

Buning siri nimada? Tojikiston koronavirusga qarshi kurashish bir necha choralarni koʻrdi: chegaralar yopildi, masjid, OTM, maktab va bogʻchalar faoliyati toʻxtatib qoʻyildi, sport va tantanali ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

Tojikistonda pandemiya davomida jami 13 mingdan ziyod aholi kasallandi, 90 kishi vafot etdi. 

Taniqli rossiyalik shifokor Aleksandr Myasnikov Tojikistonning koronavirus ustidan qozongan gʻalabasi borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Tojikiston kovid ustidan gʻalaba qozonganini eʼlon qilgan birinchi mamlakat emas. Gʻalaba haqida gapirgan mamlakatlarda kasallanish yana avj olish holatlari ham kuzatilgan.

Myasnikov Tojikistonga koronavirusning haqiqiy toʻlqini hali yetib kelmagan boʻlishi mumkinligini taxmin qildi.

“Aholining biror bir foizi kasallanmas ekan, COVID-19 hech qayerga ketmaydi. Aholining bir foizi koronavirusni boshdan kechirgani bu hatto avj olish emas”, - dedi mutaxassis Sputnik Tojikiston agentligi bilan suhbatda.

Qayd etish joizki, Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashishda qator davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston yordam qoʻlini choʻzdi. Oʻzbekiston qoʻshnisiga bir necha marta insonparvarlik yordami joʻnatdi. Bundan tashqari oʻzbekistonlik mutaxassislar Dushanbe va Soʻgʻd viloyatida boʻlib, koronavirusga qarshi kurashdagi tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi. Emomali Rahmon ushbu xavfli kasallikka qarshi kurashda koʻrsatilgan amaliy yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan edi.

Teglar:
Tojikiston yangiliklari, koronavirus, Tojikistonda koronavirus, Tojikiston

Yana video

  • Oxirgi yangilanish: 13:12 25.02.2021
    13:12 25.02.2021

    Rossiyalik 77 yoshli buvi TikTokni "portlatib" yubordi - video

    Buvining hazilomuz nasihatlari koʻpchillikka maʼqul kelgan shekilli - qisqa vaqt ichida uning akkauntiga deyarli 500 ming kishi aʼzo boʻldi.

    304
  • Oxirgi yangilanish: 09:53 25.02.2021
    09:53 25.02.2021

    Putin va Japarovning birinchi uchrashuvi qanday oʻtdi – video  

    Qirgʻiziston yangi prezidenti Sadir Japarovning birinchi xorijiy tashrifi - Rossiyaga 24 fevral kuni boʻlib oʻtdi. Japarov Vladimir Putin bilan Kreml saroyida uchrashdi.

    243
  • Sneg v Tashkente
    Oxirgi yangilanish: 16:31 24.02.2021
    16:31 24.02.2021

    Toshkentda 30 darajali issiqdan soʻng yana qor yogʻdi

    Toshkent va boshqa shaharlar aholisi ertalabdan haqiqiy qish manzarasiga guvoh boʻlishdi. Respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda kurtaklar boʻrtishi va ochilishi boshlangan bir paytda gupillab qor yogʻdi.

    424
  • Askiyachilarning eng qiziqarli chiqishi – video
    Oxirgi yangilanish: 14:38 24.02.2021
    14:38 24.02.2021

    Kulgi qiroli: askiyachilarning eng qiziqarli chiqishi – video

    Sputnik Oʻzbekiston muxbiri taniqli soʻz ustasi Mamasiddiq Sherayev bilan suhbatlashdi. Suhbatda u oʻzbek milliy qiziqchiligining bugungi holati, rus yumoristi Raykin taqdirida oʻzbek askiyachisi qanday rol oʻynagani xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

    356

Asosiy mavzular