16:32 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
© Ruptly

Boliviyaga Rossiyaning yangi koronavirus infnetsiyasiga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining 20 ming dozasi yetkazib berildi.

El-Alto aeroportida vaktsina ortilgan samolyotni davlat rahbari Luis Arse qarshi oldi.

Boliviya prezidenti muammoni hal qilish boshlangani va boliviyaliklar erkin nafas olishlari mumkinligini qayd etdi.

“Sputnik V” Lotin Amerikasining Venesuela, Argentina kabi mamlakatlari ham yetkazib berilgan. Argentina prezidenti Alberto Fernandes  21 yanvar kuni Sputnik V” vaktsinasi bilan emlandi.

Bundan tashqari, Braziliyada 15 yanvardan boshlab koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaktsina ayni paytda oʻzining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaktsinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi oʻz isbotini topgan.

Teglar:
emlash, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Boliviya, vaktsina, Sputnik V

Yana video

Asosiy mavzular