Chiroyli koʻrinishga ega boʻlgani uchun uchuvchilar orasida "Oq laylak" nomini olgan Tu-160 strategik bombardimonchi samolyoti havoda yonilgʻi quyishi videoga olindi.
Samolyot ekipaji 5 ming km balandlikda 600 km/soat uchish tezligida "tunda havoda yonilgʻi quyish" mashqini muvaffaqiyatli bajardi. Mashqda Il-78 samolyoti yonilgʻi quyuvchi vazifasini bajardi. Samolyotlar orasidagi masofa 30 metni tashkil qildi.
Tu-160 - dunyoda eng ogʻir yuk bilan tovush tezligidan tez uchadigan strategik bombardimonchi samolyot hisoblanadi. Uning uchish tezli 2200—2500 km/soat, uchish balandligi 18 ming metr. Uchish uzoqligi 11 - 18 ming km ni tashkil qilishi mumkin. Samolyot jangovar yuklamasi 45 tonna. Samolyotlarga havoda yonilgʻi quyish ularning uchish uzoqligini oshiradi.