Tojikistonda 10 oy o‘tib masjidlar yana ochildi - video

Obuna bo‘lish
Tojikistonda koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan masjidlar 10 oy o‘tib yana o‘z eshiklari namozxonlar uchun ochdi.
Tojikistonda 1-fevral kuni barcha masjidlar ochildi. Koronavirus sabab ular 10 oy oldin yopilgan edi.
Endi namozni jamoat bilan o‘qimoqchi bo‘lganlar masjidga kelib, ibodatni ado etishlari mumkin. Masjidga kirishda barchaning harorati o‘lchanmoqda va niqobda bo‘lish shartligi eslatilmoqda. Bundan tashqari, qo‘llarni dezinfeksiya qilish taklif qilinmoqda.
Tadjikistan pobedil COVID-19 - YouTube - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2021
Tojikiston tojdor virusning tojini qanday batamom “sindirdi” – video
Masjid ichida ham ijtimoiy masofaga rioya qilish shart va zarur. Odamlardan qo‘l berish so‘rashishdan tiyilish so‘ralmoqda.
Hukumat agar barcha zaruriy choralarga rioya qilinmasa, masjidlar yana yopilishi haqida ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston mamlakat COVID-19 ustidan g‘alaba qozonganini rasman e’lon qilgan. Shunga qaramasdan aholidan beparvo bo‘lmasdan barcha sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni kanda qilmaslik so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0