01:33 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sputnik

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) integratsiyani rivojlantirish departamenti rahbari Goar Barsegyan Sputnik’ga bergan eksklyuziv sharhiga koʻra, Oʻzbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanadi.

YEIKning integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev va Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov oʻzaro anglashuv memorandumi va qoʻshma harakatlarning keyingi rejasini imzolashni muhokama qildilar.

Barsegyan taʼkidlashicha, memorandum loyihasi deyarli tayyor. Tez orada barcha sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga imkon beradigan harakatlar rejasi imzolanadi.

Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston vakilining rasmiy tayinlanishi kutilmoqda - kuzatuvchi-davlat bunday huquqqa ega.

Eslatib oʻtamiz, 11 dekabr kuni Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (71)
Teglar:
YEOII, Rossiya, Oʻzbekiston

Yana video

Asosiy mavzular