15:07 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Press-slujba prezidenta Respubliki Belarus

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonning Belarusdagi missiyasi yakunlanayotgan elchisi Nosirjon Yusupov bilan uchrashdi.

Aleksandr Lukashenko diplomatning ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasini alohida taʼkidlab oʻtdi, deya yozadi Sputnik Belarus

Lukashenko elchiga mustahkam sogʻliq va Oʻzbekiston manfaati yoʻlidagi ishlarda keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilagan.

Shu bilan birga, Belarus yetakchisi uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan.

“Aminmanki, u Oʻzbekiston qadrlaydigan kishi. Uning mustaqil Oʻzbekiston rivojlanishining maʼlum bir davridan keyin qilishni boshlagan ishlari ertaga ijobiy natija beradi”, - deya ishonadi u.

“U bilan Oʻzbekistonning rejalari toʻgʻrisida gaplashishni boshlaganimda baʼzida hatto qoʻrqib ketaman. U barchasiga juda tez kirishib ketmadimikan, deb oʻylanib qolaman. Ammo hozircha hammasi oʻxshayapti”, - dedi Lukashenko.

Yana video

Asosiy mavzular