15:14 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
RIA Novosti

Hindistonda muz koʻchishi oqibatida 10 kishi qurbon boʻldi politsiya bedarak yoʻqolgan yana 60 kishini qidirmoqda.

Hindiston shimolidagi Uttarakxanda shtatida sodir boʻlgan muz kchishi oqibatida Himalay togʻlaridan oqib tushuvchi Alaknanda daryosi qirgʻoqlaridan oshib bir necha uy va infratuzilma obʼyektlarni suv va muz bosib qolgan.

Tabiiy ofat oqibatida jami 150 nafarga kishilar bedarak yoʻqolgan, deb xabar qilmoqda mahalliy hokimiyat. Qutqaruv operatsiyasida 250 nafar chegara politsiyasi va yana 600 nafar koʻngilli fuqarolar ishtirok etmoqda. 

Ayni damda Uttarakxanda shatati hukumati daryo qirgʻoqlarida joylashgan aholini xavfsiz joyga koʻchirish tadbirlarini amalga oshirmoqda. Shrinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlarida joylashgan suv omborlari katta miqdorda suv tashlashni boshlagan.

Ayni damda vafot etgan 10 kishining jasadi topilgan. 

Yana video

Asosiy mavzular