Moskvada yoqqan qor rekord darajaga yetishi mumkin. Bir necha kun tinmay yogʻayotgan qor yakshanba kuniga kelib tindi. Atrof oppoq qorga burkandi. Buning zavqi oʻzgacha. Shu bilan birga, haddan ziyod yoqqan qor qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Yoʻllardagi tirbandlik 9 ballga yetdi. Uy-joy kommunal xizmati xodimlari qorni kurab tashlashga ulgurishmayapti.
Aholiga qulay boʻlishligi uchun qoʻshimcha jamoat transportlari ishga tushirilgan. Poytaxt aholisiga yoʻllaridagi vaziyat yaxshilanguncha qadar shaxsiy avtomobillardan voz kechish hamda avtobus va metro kabi jamoat transportidan foydalanish tavsiya qilinmoqda.