04:01 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
71801

Hozir Makkada 2683 nafar Oʻzbekistonlik ziyoratchi safarda

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Kecha Makkaning Al-Haram masjidida kran qulashi oqibatida Oʻzbekistonlik ziyoratchilar zarar qoʻrmadi — deb xabar berdi Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi.

11 sentyabr kuni soat 16:00 dan keyin Makkada kuchli shamol va boʻron boshlandi. Uning oqibatida Al-Haram masjidida oʻrnatilgan kranlardan biri "Kaʼba"dagi yuzlab ziyoratchilar ibodat qilayotgan maydonnig janubiy qismiga qulab tushdi. Fojea oqibatida 107 ziratchi qurbon boʻldi, 238 — jarohatlandi. Zarar koʻrganlarning koʻpchilligi Hindiston va Pokiston fuqarolari ekanligi maʼlum boʻldi.

Sodir boʻlgan favqulodda holat natijasida Oʻzbekistonlik ziyoratchilarni tashuvchi avtobuslar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Ziyoratchilarga mehmonxonada qolish tavsiya etildi.

11 Sentyabr kuni Makkada 2683 Oʻzbekistonlik ziratchi boʻlgan. Ular orasida zarar koʻrganlar yoʻq. Fojea vaqtida ularning koʻpchilligi mehmonxonada boʻlishgan. Oqshom soat 24:00 da avtobuslar harakati qayta tiklandi va ziyoratchilar ibodatlarini davom ettirdilar.

Bu yil Oʻzbekistondan jami 5200 ziyoratchi Makka safariga borish rejalashtirilgan. Ziyoratchilar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termez, Namangan va Urganch shaharlaridan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi yordamida Makkaga uchadilar. Oʻzbekiston xukumati va Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan tashkil qilingan ushbu ziyoratlar 8 oktyabrda yakunlanadi.

Asosiy mavzular