Donald Tramp AQShga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAmerika milliarderi va teleboshlovchi Donald Tramp.
Amerika milliarderi va teleboshlovchi Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp matbuot-xizmati ma’lumotiga ko‘ra, milliarder o‘tgan haftada Kaliforniyada 14 kishining musulmonlar tomonidan otib tashlanishidan so‘ng shunday to‘xtamga kelgan.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik.  Donald Tramp o‘tgan haftada Kaliforniyada 14 kishining musulmonlar tomonidan otib tashlanishidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi. Oq uy uning bu qaroriga o‘z e’tirozini bildirdi, deb xabar qiladi RIA Novosti CNN ma’lumotiga ko‘ra.

Siyosatchi o‘z tvitterida musulmonlarda dushmanlik kayfiyati tobora kuchayib, mamlakat xavf ostida qolayotgani to‘g‘risidagi “muhim bayonot”ini e’lon qildi. Millarderning fikriga ko‘ra, aksariyat musulmonlar amerikaliklarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida.

Dushmanlik sababi aniqlashtirilmaguncha, fuqarolar musulmonlarning qurboniga aylanmasligi kerak, deb hisoblamoqda Tramp.

Trampning bayonotiga Amerika-islom munosabatlari kengashi izoh berib, uni “fashizm sohasidagi chiqish” deb atadi. Avvalroq esa CNN sharhlovchisi Donald Trampni Gitler bilan tenglashtirgan edi.

AQSh prezidenti milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Ben Rods ham Trampning taklifini keskin qoralamoqda. Rodsning so‘zlariga qaraganda, bu singari takliflar "terrorchilar tegirmoniga suv quymoq” bilan teng. “Bu taklifga rozi bo‘lish oqibatida, AQShni musulmonlar bilan urush olib borayotgandek ko‘rsatib qo‘yish mumkin”, dedi u.

Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod qo‘yganlar orasida yetakchi. AQSh davlati prezidentligiga saylov 2016-yilning noyabrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0