Eron va Saudiya Arabistoni “sovuq urushi”ning 7 sababi

© AP Photo / Karim KadimIroqdagi shia musulmonlarining shayx Nimr al-Nimr qatliga qarshi namoyishi.
Iroqdagi shia musulmonlarining shayx Nimr al-Nimr qatliga qarshi namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida raqobat o‘ttiz yildan buyon davom etib keladi, deb yozadi Fransiyaning La Tribune nashri.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroning asl mohiyatini tushunish uchun tarixga nazar solish kerak, deb yozadi Fransiyaning La Tribune nashri, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Nashr e’lon qilgan maqolada ta’kidlanishicha, Tehron va Ar-Riyod o‘rtasidagi raqobat o‘ttiz yildan beri davom etib kelmoqda. Fransuz nashri ikki davlat munosabatlaridagi kelishmovchiliklar mohiyatini ochib beradigan yettita muhim sana haqida hikoya qildi.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni munosabatlarni tiklash uchun Eronga bitta shart qo‘ydi

1980 yil. Shu yili boshlangan Eron-Iroq urushida (1980-1988 yy) Saddam Xusayn davlatini qo‘llab-quvvatlagan saudiyachilar Bahrayn, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarini ham xuddi shunday qilishga da’vat qilgan. Saudiya Arabistonida Erondagi inqilob regiondagi tinchlikka tahdid solishi mumkin, degan hadiksirash paydo bo‘lgan edi.

1987 yil, iyul. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar uzilish darajasiga kelib qolgan edi. 

Eronliklarning Amerika va Isroilga qarshi Makkadagi namoyishlari Qirollik hukumati tomonidan bostirildi. Natijada, 402 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. Ularning 275 nafari Eron fuqarolari edi. G‘azabga kelgan namoyish ishtirokchilari Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasini qo‘lga oldilar va Quvayt elchixonasiga o‘t qo‘ydilar. Saudiyalik diplomatlardan biri olgan jarohatlari natijasida voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.   

1990-2000 yillar. 2000-yillar boshlariga qadar ikki mamlakat munosabatlarida “diplomatik hotirjamlik” kuzatildi. Ammo 2007-yilning yanvar oyida Saudiya Arabistoni hukumati Eron emissariga uning davlati Fors qo‘ltig‘ini hatarga yo‘liqtirayotganini aytdi. Ar-Riyod Iroq va Tehron yadro dasturi tufayli Eron va AQSh o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni nazarda tutgan edi.

Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatshunos: Saudiya Arabistoni ahmoqgarchilikka yo‘l qo‘ydi, lekin bu uning muammosi

"Eslatib o‘tamiz, Saddam Husaynni taxtdan ag‘darish uchun AQSh tomonidan 2003-yilda boshlangan Iroq urushi Bag‘dod hukumati tepasiga shialar kelishiga sabab bo‘ldi. Ar-Riyod Tehron yadro dasturidan bezovta bo‘layotgandi. U Eron Fors qo‘ltig‘ida siyosiy yakkahokimlik o‘rnatishi mumkinligidan xavfsirardi”, — deb yozadi nashr.

2011 yil, mart. Saudiya Arabistoni demokratik talablar bilan chiqqan norozilik namoyishlarini bostirish uchun Bahraynga o‘z qo‘shinini yubordi. Saudiyachilar shialardan tashkil topgan oppozitsiya vakillari Eronga tenglashishni xohlab qolishidan havotirda edi. Manama va Ar-Riyod rahbarlari paytdan foydalanib Tehronni Bahrayn politsiyasiga qarshi zo‘ravonlik uyushtirishda ayblashni unutmadilar.

2012 yil, iyul. Saudiya Arabistonining sharqiy provinsiyasida yashovchi shayx Nimr an-Nimr va bir guruh shia musulmonlari mamlakatda janjal chiqarish maqsadida chet el davlatlari, jumladan, Eron bilan hamkorlik qilayotganlikda ayblanishdi. Natijada, shayx hibsga olindi. Ushbu hodisa ro‘y berishidan uch yil oldin shayx an-Nimr Qirollikning sharqiy qismini alohida ajralib chiqib, aholisi ko‘pchiligi shia musulmonlaridan tashkil topgan Bahraynga qo‘shilishga da’vat qilgan.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik O‘zbekiston
Eronlik siyosatchi: Amerika Saudiya Arabistonini to‘xtatishi shart

Shu yilning o‘zida oltinchi muhim voqea ro‘y bergan edi: Saudiya Arabistoni Bashar Asad tuzumiga qarshi chiqqan suriyalik qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Bunda Eron Bashar Asad tomonida ekanligi hech kimga sir emasdi. Ar-Riyod Suriya prezidentini genotsidda, Tehronni esa okkupatsiyada aybladi. Eron bunga javoban Saudiya Arabistonini terrorchilar sherigi deb atadi.

Va nihoyat, 2015 yilda Saudiya Arabistoni arab davlatlari koalitsiyasiga boshchilik qildi va Eron ittifoqdoshi bo‘lgan xusitlarga mamlakat hukumatini qo‘lga olishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun Yamanda havo zarbalarini amalga oshirdi. Ar-Riyod bu mojaroda Tehron aybdorligini, u mamlakatda to‘ntarishni amalga oshirish uchun qo‘shinlarni tayyorlab berayotgani haqida oshkor qildi. Eron esa o‘z navbatida koalitsiya zarbalari mahalliy aholini nishonga olganini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0