12:05 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon. Arxiv surat

Turkiya prezidenti rossiyalik telefon xuliganlariga kulgi boʻldi

© Sputnik / Sergey Guneyev
Dunyoda
Havola olish
28411

Bir qator artist va siyosatchilarni telefon qoʻngʻirogʻi orqali chuv tushirgan Vovan va Leksus ismli rossiyalik mashhur prankerlar (telefon xuliganlari, tahr.) bu safar Ukraina rahbarlari “qiyofasida” Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonga sim qoqishdi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Vladimir Kuznetsov(Vovan) va Aleksey Stolyarov(Leksus) ismli rossiyalik telefon xuliganlari Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonni chuv tushirgani haqida maʼlum boʻldi, RIA Novosti xabari asosida.
Telefon orqali kechgan suhbat davomida Kuznetsov va Stolyarov oʻzlarini Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hamda Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk sifatida tanishtirishgan.
Suhbat anonsi Kuznetsovning YouTubedagi rasmiy saytida omma eʼtiboriga havola qilingan. Suhbatning toʻliq versiyasi 12 fevral kuni chop etilishi aytilmoqda.

Turkiya prezidenti Ukraina rahbari bilan iliq salom-alik qilgan va uni “qadrdon doʻstim” deb atagan.

Suhbat davomida “Ukraina tomon” “Rossiya sanktsiyalari tufayli jabr koʻrgan” mamlakat rahbarlari uchrashuvini tashkillashtirish niyati borligi haqida aytib, Rossiyaga qarshi harakatlarni tashkil etishni taklif qilgan. "Bajonidil. Bu borada zarracha shak-shubha boʻlishi mumkin emas”, — javob qilgan Erdoʻgʻon.

Prankerlar shuningdek, Erdoʻgʻondan “Su-24 mojarosi” yuzasidan Rossiya prezidentidan uzr soʻrashi-soʻramasligi haqida ham savol berishgan.
Vladimir Kuznetsov va Aleksey Stolyarov bundan oldin britaniyalik qoʻshiqchi Elton Jon, Odessa gubernatori Mixail Saakashvili, Kiyev meri Vitaliy Klichko va boshqa bir qator taniqli shaxslarga qoʻngʻiroq qilib, ularni masxarabozlik obʼyektiga aylantirgan.

Asosiy mavzular