23:26 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi. Arxiv surat

256 yil umr koʻrgan xitoylik siri

© Flickr/ Asian Development Bank
Dunyoda
Havola olish
116110

Xitoyda eng uzoq yashagan kishi 24 marta nikohlangan va 180 nafar farzandning otasi boʻlgan. Tsinyun dorivor oʻsimliklarni oʻrganishga qiziqqan, 256 yoshida esa, 60 yashar kishiday koʻringan.

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik.  Amerikaning New York Times nashri arxividan 1928-yilda eng uzoq umr koʻrgan xitoylikdan olingan eksklyuziv intervyu topildi, deb xabar qiladi Sputnik Armaniston.

Xitoy fuqarosi, 1677-yilda Sichuan qishlogʻida tugʻilganini taʼkidlagan. U butun umrini dorivor oʻsimliklarni oʻrganish va tibbiyotga bagʻishlagan. Erkak 1933-yilda 256 yoshida vafot etgan.

Afsonalarga koʻra, erkak oʻz oʻlimi oldidan: “Men bu dunyoda zimmamga yuklatilgan barcha ishlarni bajardim. Endi uyimga ketyapman”, degan soʻzlarni aytgan.

Shunday qilib, amerika nashri jurnalistlari 1928-yilda Xitoyda eng koʻp yashagan erkakdan intervyu olishgan. Erkak uzoq yashash siri: goʻsht yemaslik, ichki muvozanat va hotirjamlik ekanini taʼkidlagan. Tsinyun, asosan, guruch va turli oʻsimliklardan tayyorlangan choy bilan oziqlangan.  

Shuni taʼkidlash joizki, erkakning qarindoshlari, eslarini tanibdilarki, uni qari holatda koʻrishlarini tan olgan boʻlsalar, yana baʼzi birlari, Tsinyun ularning buvalari bilan tanish boʻlganini taʼkidlashgan.

Tarixchilar bu insonning mavjudligi haqidagi faktni inkor etmaydilar.

Misol uchun, 1930-yilda Chendu universitetining professori boʻlgan Vu Cheng-Tsze 1827-yilda Xitoy hukumati tomonidan yoʻllangan tabrik otkritkalarini topgan.

Murojaatnomada, Li Tsinyunni 150 yoshi bilan tabriklashlari haqida gapirilgan. Oradan yana 50 yil oʻtgach, Tsinyunni 200-yillik yubileyi bilan tabriklashgan. Bu esa, xitoylik erkak haqiqatan ham 1677-yilda tugʻilganini tasdiqlaydi.

Asosiy mavzular