AQSh Yevropaga birinchi gaz ortilgan supertankerni yubordi

© LEX VAN LIESHOUT / ANP / AFPGaz tashiydigan supertanker
Gaz tashiydigan supertanker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar fikriga ko‘ra amerikaning Yevropaga gaz yetkizib bera boshlagani ushbu bozorda Rossiya sotayotgan gazi narxini tushirishga majbur qilishi mumkin.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. AQSh birinchi suyultirilgan gaz ortilgan tankerni Yevropaga yubordi, RIA Novosti Wall Street Journal xabariga asosan. Gaz ortilgan supertanker Luizianadan Portugaliyaga yo‘l oldi. Mo‘ljallangan manzilga kema Aprel oxirida yetib kelishi kutilmoqda.

AQSh gaz eksporti fevralda boshlangan edi. Gazning birinsi partiyasini Portugaliyaning Galp Energia kompaniyasi sotib oldi. 2017-yilga kelib AQSh gaz eksporti hajmi gaz importi hajmidan oshishi mumkin.

Ba’zi tahlilchilar fikriga ko‘ra, AQSh gazi Yevropa gaz bozorida narxlar raqobati  uyg‘otishi mumkin. “Bu Amerikaning suyultirilgan gazi va Rossiyaning quvur orqali yetkizib beriladigan siqilgan gazi orasida jiddiy raqobat uyg‘otishi mumkin”, — dedi Tyerri Bros Société Générale tahlilchisi.

Hozirgi vaqtda Yevrpa hududida sotilayotgan gazning uchdan biri Rossiya gazidir. Rossiya gazi siqilgan gaz bo‘lib u quvurlar orqali Germaniya, Italiya, Norvegiyaga yetqizib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, quvurlar orqali gaz yetkizib berilganda, dastavval gaz 75 atmosfera bosimi ostiada siqilib, keyin quvurlar orqali yuboriladi. Gazning bunday eksporti usuli uncha uzoq bo‘lmagan qo‘shni mamlakatlarga yuborish uchun qo‘llaniladi. Suyultirilgan tabiiy gazdan farqi –jarayon boshida gaz sulyultirish zavodi va maxsus supertanker qurish kabi katta xarajatlar talab qilmaydi.  

Suyultirilgan gaz bo‘lsa, avval qazib olingan maxsus zavodda suyultiriladi, keyin esa gaz tashiydigan supertankerda dengiz orqali xaridorga yetkizib beriladi. Gazning bunday eskporti gaz qazib olinayotgan joydan 3 ming km va undan uzoqda joylashgan xaridorlarga yetkizib berilganda o‘z xarajatlarini oqlaydi.

Rossiya milliy energetik xavfsizligi fondi tahlilchisi Igor Yushkov bunday fikrga qo‘shilmaydi. Chunki suyultirilgan gazning asosiy eksporterlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan AQSh va Avstraliyada gaz qazib olish tannarxi juda qimmat va xaridorga u ming kubometriga 600-700 dollardan sotiladi. Rossiya bo‘lsa gazni Yevropaga ming kubometriga 220 – 250 dollardan yetkizib berishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0