09:50 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ayol fermerlar guruch maydonlarini qayta ishlashmoqda. Arxiv surat

Yaponiyada guruchzorlarda ishlaydigan robot-fermerlar ixtiro qilindi

© Sputnik / Anton Denisov
Dunyoda
Havola olish
70 0 0

Yaponiyada keksa fermerlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ularning ogʻirini yengil qilish maqsadida, Kubota kompaniyasi guruch maydonlarida foydalansa boʻladigan, oʻzi boshqariladigan birinchi traktorni ishlab chiqdi.

TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Yaponiya hukumati fermerlar ishini avtomatlashtirishga yordam beradigan 20 turdagi robotlarni ishlab chiqishga 37 million dollar ajratishga tayyor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Mamlakat hukumati bu haqda “Katta yettilik” mamlakatlari Qishloq xoʻjalik vazirlari uchrashuvida bayonot berdi.
Vazirlarning soʻzlariga qaraganda, dalalarda mehnat qilayotgan yoshi katta kishilarning soni kundan-kunga ortib bormoqda, Yaponiyada fermerlarning oʻrtacha yoshi 67ni tashkil qiladi.

"Agar fermerlar, yoshi bir joyga borganda, mehnat unumdorligini oshirish niyatida boʻlsalar, ular kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan texnologiyalarga umid bogʻlashlaridan oʻzga chora yoʻq”, — deb taʼkidladi agentlik eksperti Maxiko Tsugata.

Agentlik bergan maʼlumotga koʻra, Yaponiyadagi qishloq xoʻjaligiga oid jihozlarni ishlab chiqaruvchi eng yirik Kubota kompaniyasi oʻzi boshqariladigan traktorning birinchi prototipini ishlab chiqqan. Undan guruchzorlarda foydalanish mumkinligi taʼkidlanmoqda. Robot GPS-navigatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlib, tuproq holatini aniqlab, yerni haydaydi va oʻgʻitlantiradi.
Kompaniya, shuningdek, keksa fermerlar oʻz yelkalarida olib yura oladigan jihozlarni yaratish ustida ham ish olib bormoqda. Bu moslamalar meva va sabzavotlarni yigʻishtirishda fermerlarga eng yaxshi koʻmakchi boʻlishi aytilmoqda.

Asosiy mavzular