23:51 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
35202

Maʼlumotlarga koʻra, Boltiqboʻyi mamlakatlariga AQSH ikkita, Germaniya va Buyuk Britaniya esa bittadan batalon yuborishni moʻljallamoqda.

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. NATOning gʻarbiy ittifoqchilari Rossiya chegarasida toʻrt ming harbiydan iborat harbiylar batalonini joylashtirishga tayyorgarlik koʻrmoqda, bu haqda Wall Street Journal nashriga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.


Maʼlumotlarga koʻra, AQSH Boltiqboʻyi davlatlariga ikkita, Germaniya va Buyuk Britaniya esa bittadan batalonlarni yuborishi mumkin.

AQSH Mudofaa vaziri oʻrinbosari Robert Uork Wall Street Journal nashriga intervyu berar ekan, alyansning gʻarbiy ittifoqdoshlari Boltiyboʻyi regionlarida joylashtirmoqchi boʻlayotgan harbiylar soni 4 ming nafarni tashkil qilishini tasdiqlagan.

Uorkning soʻzlariga qaraganda, Rossiya ushbu hududda oʻz faolligini oshirayotgani tufayli, NATO ham harbiy ishtirokini kuchaytirishga qaror qilgan.

Asosiy mavzular