05:10 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
68301

Rossiyani “toʻxtatish” uchun Litvaga bir batalon nemis askarlarining yuborilishi nemis OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv koʻtarilishiga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Jumladan, Süddeutsche Zeitung nashri Berlin qiyin masala oldida qolgani haqida yozmoqda. “Harbiylarni yuborishdan voz kechib, Germaniya, Boltiqboʻyi davlatlarini haqorat qilgandek boʻlishi mumkin, taklifni qabul qilib esa Rossiya bilan munosabatlarni yanada ziddiylashtiradi”, deb yozadi nashr, RIA Novosti xabari asosida.

Deutschlandfunk radiosi ushbu rejani oqlashga bahona topdi: "Germaniya Boltiqboʻyi mamlakatlariga askarlarni yuborib, Rossiya yonida oʻzini unchalik “bardam” his qilmayotgan NATOga aʼzo mamlakatlarning hududiy yaxlitligini kafolatlaydi”, deb eʼlon qildi u.

Bundestag deputati, "soʻllar" partiyasi aʼzosi Gregor Gizi esa oʻzining Facebookdagi sahifasida shunday yozgan: “Rossiya chegarasiga askarlarni yuborish, tarixni unutish va munosabatlarni ziddiylashtirish demakdir”.

“Soʻllar” partiyasining yana bir aʼzosi, partiya yetakchisi Sara Vagenknext ham hukumat qarorini tanqid ostiga oldi. "Germaniya Sobiq Ittifoqqa hujum uyushtirganidan 75 yil oʻtib, Rossiya chegarasiga bundesver askarlarini yuborayotgan Angela Merkel, ahmoqona fitna qurboni boʻlmoqda”, — deya taʼkidladi u.
Shuningdek, internet-foydalanuvchilarining aksariyati OAVlarda chop etilayotgan xabarlarga izoh berar ekan, nemis hukumati qarorini qoralashlarini maʼlum qilganlar.

“Afrika, Turkiya, Suriya bilan chegaralar ochiq, ammo xavf Rossiyadan kelmoqda”, — deya piching qilgan Die Welt mushtariylaridan biri.

"Bundesver shunchaki poʻpisa uchun yuborilyaptimi? Miltiqlarni sozlab oldinglarmi?" – deb yozgan Bernhard Krause, nemis G-36da nishonga olish aniqligidagi muammolarni nazarda tutib (Afgʻonistondagi bundesver askarlari G-36 miltigʻi sifatiga shikoyat qilishgan edi. Gap shundaki, miltiq qizigan vaqtda nishonga aniq olish xususiyatini yoʻqotardi. Germaniya Mudofaa vazirligi bu arzlarni "oshirib yuborilgan", deb hisoblagan boʻlsa-da, ammo 2019-yildan bu miltiqlardan voz kechish haqida qaror qabul qildi, tahr).

Asosiy mavzular