06:17 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
9 may. Unutmaymiz, toabad yodimizdasiz! (10)
40221

Rossiya prezidenti Gʻalabaning 71 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlariga tabriknoma yoʻlladi.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gʻalabaning 71 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya va Janubiy Osetiya rahbarlariga, shuningdek, Gruziya va Ukraina fuqarolariga oʻz tabrigini yoʻlladi, RIA Novosti xabari asosida.

“Muqaddas Gʻalaba kuni ayyomi toabad oʻz ona yurti va dunyoni fashizm balosidan ozod qilgan xalqlar jasorati va birligi ramzi boʻlib qoladi”, deyilgan tabriknoma matnida.

Rossiya prezidenti, shuningdek, umumiy tarixni yangitdan yozishga, oʻtmishdagi fojiaviy hodisalar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.  Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushida qatnashganlar xotirasini yod etish, veteranlar haqida qaygʻurish boʻyicha umumiy burch haqida eslatib oʻtdi.
Oʻz nutqi soʻnggida Rossiya davlati rahbari Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etganlarning barchasini ushbu muqaddas ayyom bilan muborakbod etib, ularga sogʻlik va uzoq umr tiladi.

Mavzu:
9 may. Unutmaymiz, toabad yodimizdasiz! (10)

Asosiy mavzular