20:26 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Qochqinlar shlyupkada Misrning Lesbos oroliga suzib borishmoqda. Arxiv surat

Oʻrta yer dengizida 2015 yilda 4 mingga yaqin migrant halok boʻldi

© AP Photo / Santi Palacios
Dunyoda
Havola olish
12210

Oʻtgan yil Oʻrta yer dengizi orqali Yevropaga yetib olmoqchi boʻlgan migrantlar orasida 3 ming 800 nafari halok boʻlgan, deb xabar qildi Migratsiya boʻyicha Xalqaro tashkilot Bosh direktori Uilyam Leysi Sving, Sankt-Peterburgda oʻtgan MXTning 44-yalpi majlisida ishtirok etar ekan.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. "Biz, 2015-yilda Oʻrta Yer dengizida 3 ming 800 kishini yoʻqotdik, bugun esa ushbu raqamlar yanada ortgan, yil esa hali yarmiga yetgani yoʻq. Kelajakda shunday hodisalar roʻy bermasligi uchun, biz migratsiyani qonuniy yoʻllarini yoʻlga qoʻyishimiz kerak", — deb taʼkidladi u. RIA Novosti xabari asosida.

"Bu boʻronni qanday tinchlantirishimiz mumkin? Odamlar yuritayotgan siyosatimiz markazida boʻlgan taqdirdagina, bunga erishishimiz mumkin. Hayotlarni qutqarib qolish — bizning bosh maqsadimizga aylanishi shart", — deb taʼkidladi Sving.

MXT rahbari, shuningdek, Suriyadagi holatni yaxshi tomonga oʻzgartirish uchun dunyo mamlakatlari rahbarlari yetarlicha harakat qilishmayotganini aytdi.

"Tegishli qonunlar bilan tartibga solingan taqdirda ham, keng miqyosli migratsiyani toʻxtatishning endi imkoni yoʻq. Migratsiya — bu nafaqat muammo, balki inson hayotini aniq aks ettirayotgan voqelikdir. Biz esa uni boshqarmogʻimiz lozim", — dedi mutaxassis.

Asosiy mavzular