Shimoliy Koreya suvosti kemasidan navbatdagi ballistik raketa parvozini amalga oshirdi

© REUTERS / KCNAKXDR ballistik raketalar sinovini o‘tkazdi
KXDR ballistik raketalar sinovini o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shanba kuni Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilgan suvosti kemasi ballistik raketalar parvozi muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi suvosti kemasidan ballistik raketa parvozini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Renxap agentligi ma’lumoti asosida.

Ma’lumotlarga qaraganda, parvoz muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Janubiy Koreya harbiylari so‘zlariga qaraganda, uchirilganidan so‘ng raketa to‘g‘ri trayektoriya bo‘ylab parvozni davom ettira olmagan, bu esa sinovning omadsiz kechganidan dalolatdir.

Raketa, Xamgen-Namdo viloyati Sinpxo shahri hududidan mahalliy vaqt bilan 11:30 atrofida havoga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyidan beri Shimoliy Koreya bir necha marotaba Yapon dengizi havzasi tomon ballistik raketalarini uchirib keladi.

Yangiliklar lentasi
0