06:42 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Pentagon. arxiv surat

Pentagon Rossiyaning kutilmagan harbiy mashgʻulotlaridan tashvishga tushdi

© David B. Gleason
Dunyoda
Havola olish
38001

AQSH “Ukraina sharqida zoʻravonlikning kuchayishi va mashgʻulot oʻtkazayotgan Rossiya harbiy kuchlarining Ukrainaga yaqin masofada ekanligidan chuqur tashvishda”.

TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. AQSH Donbassda zoʻravonlikning kuchayishidan tashvishda va Rossiyadagi “Kavkaz-2016” harbiy mashgʻulotlarini kuzatib bormoqda, dedi Pentagon rasmiy vakili Mishel Baldansa.

"Kavkaz-2016” mashgʻulotlari oʻtkazilishi bois biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibmiz", — dedi u. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH “Ukraina sharqida zoʻravonlikning kuchayishi va mashgʻulot oʻtkazayotgan Rossiya harbiy kuchlarining Ukrainaga yaqin masofada ekanligidan chuqur tashvishda”.

Pentagon vakilining taʼkidlashicha, Rossiya “Ukrainaga qoʻshin yuborishni niqoblash maqsadida harbiy mashgʻulotlardan foydalanayotgani" Vashingtonga maʼlum.

"Biz Moskvani hududdagi keskinlikni yumshatish uchun harakat qilishga bir necha bor chaqirdik, xususan Minsk kelishuvlarini toʻliq amalga oshirishda ishtirokini soʻradik", — dedi Baldansa.

Asosiy mavzular